23:13 / 29.07.2016
7648

«Transformerlar» filmi rejissyori yangi film uchun «Natisk» yuk mashinasini namoyish etdi

«Transformerlar» filmi rejissyori Maykl Bey o‘z saytida Western Star 4900SF yuk mashinasi tasvirlarini namoyish etdi. U Onslaught ( Natisk) deb nomlangan.

Bundan oldinroq Bey «Transformerlar» filmining boshqa yangi qahramonlarini namoyish etgandi — Mercedes-AMG GT R superkari (Drift avtoboti), Chevrolet Camar kupesi (Bamblbi avtoboti) va Ford Mustang politsiya mashinasi (Barrikeyd).

Transformers 5: The Last Knight filmining jahon bo‘ylab premerasi 2017 yilning 23 iyuniga mo‘ljallangan. Filmda Mark Uolberg, Entoni Xopkins va Josh Dyuamel rol ijro etgan. 

Top