11:42 / 30.07.2016
10894

AQShlik ekstremal samolyotdan parashyutsiz sakraydi

AQShlik Lyuk Aykins 7,6 km balandlikdan parashyut yoki boshqa bironta texnik moslamasiz sakramoqchi. U niyatini amalga oshirishda GPS navigatordan foydalanadi, xolos, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press.

18 mingdan ortiq marta havodan sakragan 42-yoshli skaydayver, 30 iyul kuni samolyotdan sakrab, to‘rt tomonga tortilgan to‘rga tushishga harakat qiladi. To‘rning o‘lchami futbol maydonining uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Mazkur qutqaruv to‘ri 20 qavatli bino balandligida tortiladi. 

Ikki daqiqali parvoz Fox News telekanalida jonli efir orqali namoyish etiladi.

Top