18:02 / 30.07.2016
5330

Amazon’ning sof foydasi bir yilda 800 foizga oshdi

2016 yilning birinchi yarim yilligi hisobotlari bo‘yicha Amazon onlayn-riteylerining sof foydasi 39 baravar oshib, 1,37 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda kompaniya hisobotidagi ma'lumotlarda keltirilgan.

Bir yil muqaddam aprel—iyun oylarida Amazon kompaniyasining sof foydasi 92 mln dollarni tashkil etgan edi. Bu esa uning foydasi 800 foizga oshganini ko‘rsatadi.

II kvartal bo‘yicha daromad 857 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkichdan 9,3 baravar ko‘p. Kompaniyadagi sotuvlar hajmi 29,6 foizga oshib, 59,532 mlrd dollargacha yetgan. Kompaniya prognozlariga tayanadigan bo‘lsa, keyingi kvartalda sotuvlar hajmi 22−32 foizga oshishi kerak.

Top