12:18 / 30.07.2016
16530

Yashash uchun qamoq yaxshi

Amerikalik ayol, yaqinginada qamoqdan ozod etilganiga qaramay, Vayomingdagi bankni tunashga jur'at etdi. Uning maqsadi qamoqxonaga qaytish bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 59-yoshli Linda Patritsiya Tompson bankni o‘g‘irlagach, pullarni derazadan sochib yuborgan va politsiyaning kelishini kutib turgan. Huquq posbonlari kelishi bilan ularga hibsga qaytmoqchi ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Linda boshpanasi yo‘qlar uchun mo‘ljallangan uydan joy ola bilmagach, ko‘chada yashashni istamagan. 

Bu hodisagacha ham Tompson o‘g‘rilik uchun qamoqda o‘tirib chiqqan edi. Muddatidan avval, ozod etilishi bilan, mahbuslikdan qutilishni xohlamayotganini aytgandi.

Top