07:33 / 30.07.2016
8641

Kreml: Putin Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi futbol uchrashuviga tashrif buyurishi mumkin

Foto: www.kp.ru

28 iyulda Milliyet turk nashri Moskva va Anqara munosabatlarni mustahkamlash maqsadida ikki davlat terma jamoalari ishtirokida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqchi ekanliklarini ma'lum qilgandi. Uchrashuv 31 avgustga Antaliyada o‘tkazilishi belgilangan. Taxminlarga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 9 avgustda Sankt-Peterburgdagi uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ushbu uchrashuvga taklif qilmoqchi.

Putinning ishchi jadvalida Rossiya va Turkiya terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuvga borish ko‘zda tutilmagan, biroq Putinning bu uchrashuvga borishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi. Bu haqda 29 iyulda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi. 

"Prezidentning jadvalida bunday safar yozilmagan. Umuman olganda avgust deyarli band qilib bo‘lingan. Biroq boshqa tomondan, hech narsani istisno qilib bo‘lmaydi", deb aytdi Peskov.

Top