17:35 / 30.07.2016
8733

Kurdlar Turkiya harbiy bazasiga hujum uyushtirdi

Foto: AP

Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari Turkiyaning Hakkyari viloyatidagi harbiy bazasiga hujum qilishgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Turkiya qurolli kuchlari vakillariga tayangan holda. 

Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, turk harbiylari 35 nafar hujumchini yo‘q qilgan. 

Anadolu agentligining Turkiya Bosh shtabiga asoslangan holda xabar qilishicha, kurdlar Beybut tepaliklaridagi harbiy qism hududiga kirmoqchi bo‘lgan. Turkiyada taqiqlangan tashkilot a'zolari razvedka yordamida aniqlangan. Ularning 23 nafari havo hujumi natijasida qurbon bo‘lgan. 4 nafari quruqlikdagi amaliyotda o‘ldirilgan. 

Kurdlarning Hakkyariga hujum qilishlari oqibatida 8 nafar turk harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 25 nafari tan jarohati olgan.

Top