08:54 / 30.07.2016
20858

Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Dunyoda shunday shaharlar borki, ularning hududida insonlar yashashi uchun tovon talab qilmay, aksincha, pulni o‘zi taklif qiladi. 

Ishongingiz kelmaydimi? U holda Xabardor.uz nashri sizga bu haqiqatni isbotlashga harakat qiladi. Dunyoda yettita ana shunday shahar borki, ular bilan barcha orzularingiz ushalishi mumkin: sayohat qilish, bir qancha vaqt bu hududda yashash va shuningdek, bularning bari uchun pul ham olish.

Marhamat, tanishing!

Detroyt, Michigan, AQSh

 «G‘arbiy Parij», «AQShning Avtomobil poytaxti» ― Detroyt shahri bunday ajib nomlardan XX asrning ikkinchi yarmi mobaynida mahrum bo‘ldi. Biroq shahar o‘z mavqeini tiklashga bel bog‘lagan. Hukumat mazkur muammoni bartaraf etish uchun Challenge Detroit nomli yangi dasturni amalga oshirdi. Unga ko‘ra, bu yerga ko‘chib kelib, turli sohalarda ishlashni reja qilgan professional ishchilarga 2,5 ming dollardan ajratiladi.

Alyaska shtati, AQSh

Agarda siz qishni, oppoq tabiatni, sokin hayotni sevsangiz va past havo haroratida ham o‘zingizni qulay his etsangiz,  Alyaskadagi hayot sizga rohat bag‘ishlashi aniq. Shimoliy hudud hayotida professional ishtirok etib kelayotgan tashabbuskorlarga haq to‘lovchi maxsus hukumat jamg‘armasi mavjud. Sababi, shahar aholisi tobora kamayib bormoqda. Yagona talab Alyaskada bir yil davomida yashash kerak bo‘ladi.  

Saskachevan viloyati, Kanada

Kanadaning mazkur viloyati o‘z karerasi va kelajak hayotini to‘liq yo‘lga qo‘yishga ulgurmagan yangi bitiruvchilarga (2010 yildan avval bitirganlarga emas) foydali taklif beradi. Yoshlarga 7 yil mobaynida shaharda yashab, ishlashlari uchun 20 ming dollar mablag‘ to‘lanadi.  

Niagara sharsharasi, Nyu-York shtati, AQSh

Yana bir ishonib bo‘lmas ajoyib taklif ― sayyoramizdagi eng go‘zal va hayratlanarli maskanda yashash va buning uchun mablag‘ olish.  Hukumat universitet bitiruvchilariga ikki yil davomida 7 ming dollardan ajratadi. Bu esa  sharsharaga yaqin yerda joylashgan korxonalarda ishlaganda qo‘shimcha rag‘bat vositasi sanaladi.  

Ponga, Asturiya, Ispaniya

Ispaniyaning shimoli-sharqidagi qo‘riqlanuvchi hududda joylashgan bu ajoyib qishloq mamlakatning eng yoshi ulug‘ shahridan biri sanaladi.   Hukumat yosh aholini jalb etib, mahalliy iqtisodiyotni jonlantirish uchun bu yerga yashash maqsadida tashrif buyurgan har bir oilaga 3 ming yevro taklif qiladi. Bu esa ekologik sof va so‘lim go‘shada yashash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Utrext, Niderlandiya

Niderlandiya butun dunyoga gumanitar fanlar va ijtimoiy tajribalarni chuqur o‘rganishi bilan tanilgan. Ulardan biri quyidagicha: Shaharda yashovchi har bir kishiga 1000 dollar moliyaviy rag‘bat qayday ta'sir ko‘rsatadi? Shunchaki tajriba.

Kertis, Nebraska, AQSh

Bu kichik shahar mahalliy infratuzilma va madaniyat rivojidagi yaxshi g‘oya va ko‘mak evaziga turar-joy qurish uchun bepul yer taklif qiladi.

Manba: Xabardor.uz

Top