01:23 / 31.07.2016
7858

"Barselona" Xalqaro chempionlar kubogida "Seltik"ni yutdi

"Barselona" Xalqaro chempionlar kubogida "Seltik"ni yutdi. Dublindagi "Aviva" stadionida o‘tgan uchrashuv 3:1 hisobi bilan kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi.

11-daqiqada Arda Turon "Barsa"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 29-daqiqada Li Griffits javob to‘pini kiritdi. Sal o‘tmay, 31-daqiqada Efe Ambrous o‘z darvozasiga gol kiritib, "Barsa"ga yetakchilikni qaytardi. 1-bo‘lim oxirida esa Munir Al-Haddodiy Suares uzatmasidan keyin "Seltik" darvozasiga 3-golni urdi.

Xalqaro chempionlar kubogi

Barselona (Ispaniya) – Seltik (Shotlandiya) – 3:1
Gollar: Turon, 11 (1:0); Griffits, 29 (1:1); Ambrous, 31 (2:1, avtogol); Al-Haddodiy, 41 (3:1).

Manba: Tribuna.uz

Top