18:53 / 31.07.2016
4535

Chexiya prezidenti terrorchilik xavfi tufayli qurolga egalik qilishni ma'qullamoqda

Foto: © RIA

Chexiya prezidenti Milosh Zeman terrorchilik xavfi tufayli fuqarolar qurolga egalik qilish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishlarini ma'qullamoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

"Men avval katta miqdorda qurolga egalik qilishga qarshi chiqardim. Oxirgi vaqtlardagi hujumlardan keyin men bunday o‘ylamayapman", deb aytdi Zeman Yevropa shaharlaridagi teraktlardan keyin.

Zeman qurolga egalik qilishga ruxsati bo‘lgan odamlar uni nafaqat suvenir kabi saqlashlari, balki uni zarur vaqtda qo‘llay olishga ham tayyor bo‘lishlari kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Top