18:26 / 31.07.2016
4062

Hindistonda qulagan bino xarobalari ostidan 20 kishi chiqarib olindi

Hindistonlik qutqaruvchilar Maxarashtra shtatidagi vayronalar ostidan 20 kishini chiqarib olishdi. Bu haqda ANI agentligi xabar berdi.

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan.

Shtatdagi 3 qavatli binolardan biri 31 iyul kuni tongida qulagandi. Bu uyda 8 oila yashagan. Ayni vaqtda qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.

Top