22:09 / 31.07.2016
6328

Kyolnda Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlovchi namoyish o‘tdi

Foto:© AFP

Germaniyaning Kyoln shahrida 20 mingga yaqin kishi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishda turk prezidenti tarafdorlari, jumladan Yevropa-Turkiya demokratlari ittifoqi ishtirok etgan. 

Avvalroq Germaniyada Erdo‘g‘anning murojaatini namoyish qilish taqiqlangani ma'lum qilingandi. Turkiya vakillari tomonidan Germaniyadan bu holat bo‘yicha tushuntirish berilishini kutishlari aytilgan.

Top