15:22 / 31.07.2016
4257

Texasda noma'lum shaxs tomonidan o‘t ochilishi oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘ldi

AQShning Texas shtati hududidagi Ostin shahri markazida noma'lum shaxs tomonidan o‘t ochilgan.

Reuters agentligining shahar politsiyasiga asoslanib xabar berishicha, bu hodisa oqibatida ko‘plab jarohatlangan kishilar bor.

"Voqea shahar markazida ro‘y berdi. Ko‘p kishi jarohat olgan. Imkon qadar shahar markazidan uzoqroq yuring", deyilgan politsiya ma'lumotida.

Qurbon bo‘lganlar haqia aniq ma'lumot berilmadi.

Kxan nashri xabariga ko‘ra, otishma oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan.

Top