14:30 / 31.07.2016
21393

Turkiya harbiylari Injirlik aviabazasini qurshab oldi

Turkiya kuch tuzilmalari xodimlari NATO harbiy-havo kuchlariga xizmat ko‘rsatadigan Injirlik aviabazasini o‘rab oldi. Hurriyet nashrida xabar qilinishicha, harbiy obektni Turkiya kuch tuzilmalarning 7 ming harbiysi qurshab olgan.

Aviabazada barcha kirish va chiqish yo‘llari bloklangan.

Norasmiylar manbalarning izohlashicha, bunga harbiy bazadan 8 kilometr masofada joylashgan Adana shahrida to‘ntarish uyushtirilishi ehtimoli yuzaga kelgandi.

Aniqlik kiritilishicha, AQSh HHK va Turikya HHK foydalanayotgan harbiy obektga kirish va chiqish 30 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 23:00 da bloklangan.

Turkiya Yevropa ishlari vaziri Umar Chelik tvitterdagi sahifasi orqali aviabaza o‘rab olinmagani, u yerda xavfsizlik tizimlari tekshiruvi ketayotganini ma'lum qildi.

"Adanada bo‘ldim. Biz xavfsizlik tizimlarini tekshirdik. Barchasi joyida", degan u.

Top