20:52 / 31.07.2016
6226

Xiaomi "aqlli" yorug‘lik diodli tasmani taqdim qildi

Xiaomi kompaniyasi antiqa qurilma – yorug‘lik diodli tasma Mi Yeelight yaratdi. Bu qurilma yordamida uyning biror qismida tezlik bilan yorug‘lanish yoki muayyan yorug‘lik muhitini tashkil qilish mumkin.

Taqdim qilingan qurilma 60 ta yuqori sifatdagi yorug‘lik dioddan iborat bo‘lib, ularning xizmat qilish muddati 25 ming soatni tashkil qilishi aytilgan. Tasma u yoki bu sirtda orqa tomonidagi yopishqoq modda hisobiga mahkamlanishi mumkin.

Mi Yeelight’ni boshqarish uchun maxsus kontrollyor xizmat qiladi. Bundan tashqari, yangi qurilma simsiz aloqa Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa tegishli dastur orqali mobil qurilma yordamida tasma bilan ishlashga imkon beradi. Xususan, 16 mln ta rang tuslaridan yorug‘lanish rangini tanlash va effektlar belgilash mumkin. 

Tasmani 25 dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi.

Top