09:32 / 01.08.2016
8059

Antiqa poyga: tez yordam mashinasi Ferrari’ga qarshi

"Formula-1" poygalarining 4 karra jahon chempioni Sebastyan Fettel antiqa poygada ishtirok etdi. Nemis poygachisining raqibi Janubiy Angliyada yashovchi, tez yordam mashinasi haydovchisi Aleks Knepton bo‘ldi. Kneptonning hisobida 1356 ta shoshilinch chaqiruvlar bor.

Sir emaski, Fettel va Knepton "turli vazn toifalariga" ega. Shuning uchun poygaga intriga qo‘shish hamda u adolatli o‘tishi maqsadida antiqa poyga ishtirokchilari avtomobillar bilan almashishdi: Fettel 118 ot kuchiga ega tez yordam mashinasi ruliga, Knepton esa 670 ot kuchiga ega Ferrari 488 GTB supekari ruliga o‘tirdi.
 
Poygada kim g‘olib bo‘lganini ushbu rolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Top