21:35 / 01.08.2016
7404

"Arsenal"ga o‘tishga yaqin kelgan, lekin o‘tmagan futbolchilar terma jamoasi tuzildi

"Manchester Yunayted" "Yuventus" bilan Pol Pogbaning transferi bilan muzokaralarni davom ettirayotgan vaqtda Britaniyadagi nashrlar bundan oldinroq "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "kanonirlar" 2012 yilda Pogbani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgani, lekin amalda bu ro‘y bermagani haqida aytganini eslashdi.

Sky Sports nashri Arsen Vengerning aytishi bo‘yicha turli yillarda "Arsenal"ga o‘tishi amalga oshmay qolgan futbolchilardan iborat tarkibni tuzib chiqdi.

Darvozabon - Jo Hart ("Manchester Siti"); himoyachilar - Xerard Pike ("Barselona"), Vensan Kompani ("Manchester Siti"), Rafael Varan ("Real"); yarim himoyachilar - Pol Pogba ("Yuventus"), Yaya Ture ("Manchester Siti"), Garet Beyl ("Real"); hujumchilar - Krishtianu Ronaldu ("Real"), Lionel Messi ("Barselona"), Luis Suares ("Barselona"), Dide Drogba ("Monreal Impekt").

Top