10:07 / 01.08.2016
10073

Yo‘qolgan An-2 samolyotining bo‘laklari topildi

Arxiv surat / TASS

Qutqaruvchilar Kemerovo viloyatida 31 iyul, yakshanba kunidan beri qidirilayotgan An-2 samolyotining taxminiy bo‘laklarini topishdi. Bu haqida viloyat favqulodda xizmatlar manbaiga tayanib, TASS agentligi xabar berdi. 


 “Aerovizual nazorat davomida Kemerovo viloyatida taxminan An-2 samolyotining bo‘laklari topildi”, - dedi agentlik manbasi. Samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilarga doir ma'lumotlar aniqlanmoqda.


31iyul kuni uch yo‘lovchisi bo‘lgan An-2 samolyoti Novosibirsk viloyatida yo‘qolib qoldi. 


“An-2 Berdskdan Krasnoyarkka parvoz qilgan, u bilan aloqa yo‘qolgan”, - deyiladi manbada. 


Mintaqaviy FVV Bosh Boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Novosibirsk viloyati hududini tark etgan. “Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Novosibirsk viloyati hududini tark etishga ulgurgan. Shundan so‘ng aloqa uzilgan”, - deya qo‘shimcha qildi agentlik manbasi. 
 

Top