17:20 / 01.08.2016
4613

Qirg‘izistonda 4,5-5 balli zilzila qayd etildi

Qirg‘izistonda mahalliy vaqt bilan soat 14:00da 4,5-5 balli zilzila qayd etildi. Bu haqida Qirg‘iziston FVV xabar bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Ko‘k-Bel qishlog‘idan 5 km shimoli-g‘arbda, Ketmen-Bobo qishlog‘idan 15 km janubi-g‘arbda, To‘xtagul qishlog‘idan 20 km janubda, Qorako‘l shahridan 25 km shimoli-g‘arbdagi Taxtali tog‘ tizmalarida joylashgandi.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar yo‘q.

Top