15:26 / 01.08.2016
3497

Novak Jokovich «Masters» musobaqalaridagi 30-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

 

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Torontodagi «Masters» musobaqasida g‘alaba qozondi. Bu uning «Master» turkumidagi musobaqalarda 30-sovrini bo‘ldi.

Hal qiluvchi bahsda Novak Keya Nisikorini ikki setda 6:3, 7:5 hisoblarida mag‘lub etdi. Final 1 soat 23 daqiqa davom etdi. Jokovich 5 ta eys va 4 ta breyk-pointni amalga oshirdi.

Top