10:45 / 02.08.2016
8879

Haqiqiy «Betmobil» sotuvga qo‘yildi

Raritet avtomobillarni sotish bilan shug‘ullanuvchi Amerikaning LBI Limited kompaniyasi 1960 yillarda «Betmen» teleseriali uchun ishlab chiqarilgan «Betmobil»lardan birini sotuvga chiqardi, deya xabar qilmoqda Classic Driver.

Mashina, dizayner Jorj Barris kolleksiyasida saqlangan bo‘lib, aynan u «Betmobil»ni Lincoln Futura kontsept-kari negizida ishlab chiqqan edi. Avtomobil-kabriolet avtomatik uzatmalar qutisi va 8 silindrli Ford Galaxie motoriga ega. Ushbu mashina, 1966/1968 yillarda Amerika televideniyesida namoyish etilgan teleserialda foydalanish uchun ishlab chiqilgan beshinchi mashinadir. 

Hozircha, uning boshlang‘ich narxi e'lon qilinmayotgan bo‘lsa-da, mazkur namuna 2013 yili Barrett-Jackson kimoshdi savdo uyi tomonidan 4,2 million dollarga sotilgan edi. Xaridor «Betmobil» bilan birga Betmenning — «Betsikl» mototsikliga ham egalik huquqini qo‘lga kiritadi.

Mavzuga oid
Top