20:47 / 02.08.2016
8428

American Airlines bortida favqulodda vaziyat yuzaga keldi

AQShda American Airlines aviakompaniyasi reyslaridan birida yo‘lovchi va uchuvchi o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, mast holatdagi 23 yoshli yigit bort kuzatuvchilariga tegajog‘liq qila boshlagan. U xodimlardan birining oyog‘iga tepgan, yana birini urib qulatgan. Shundan so‘ng, vaziyatga uchuvchi aralashgan. Yo‘lovchidan o‘z joyini egallash so‘ralgan. Ammo u iltimosni bajarmagan.

Samolyot qo‘ngach, ushbu dilozorni qo‘lga olishgan. Keyinroq uni 25 ming dollar miqdoridagi garov puli evaziga qo‘yib yuborishgan.

Ayni vaqtda unga AQSh fuqarolik aviatsiyasi reyslarida uchish taqiqlangan.

Uni ekipaj vakillarini haqorat qilish va talablarga bo‘ysunmaslikda ayblashadi. AQSh qonunchiligiga ko‘ra, bunday harakatlar uchun 20 yilgacha qamoq jazosi hamda 250 ming dollargacha jarima tayinlash mumkin.

Top