16:24 / 02.08.2016
12588

Leopard Hindistondagi asal oyini nishonlayotgan juftlikning xonasiga kirib ketdi

Hindistonning Naynital shtatida nohush hodisa yuz berishiga bir baxya qoldi. Shahardagi mehmonxonalardan birining xonasiga leopard kirib bordi. U xonada yangi turmush qurgan juftlik asal oyini nishonlash uchun qo‘ngan edi.

Leopard atrofdagi itlarning hurishidan qo‘rqib ketgan va o‘zini mehmonxona xonasiga urgan. Yosh juftlikning baxtiga yirtqich oynadan tusha sola vannaga yugurgan. Sumit Ratxore va xotini uyg‘onib ketib, leopardni vannaxonaga qamashgan. Politsiya kelgach, leopard derazadan qochib ketgan va o‘rmonga yashiringan.

Top