08:37 / 02.08.2016
5854

Meksikaning Akapulko kurort shahrida yakshanba kuni 8 kishi o‘ldirib ketildi

Foto: bbc.com

O‘tgan yakshanba, 31 iyulda Meksikaning Gerrero shtatidagi mashhur Akapulko kurort shahrida kamida 8 kishi o‘ldirib ketildi. Bu haqda 1 avgustda huquq-tartibot muassasalari ma'lum qildi. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, shaharning tumanlaridan birida joylashgan yashirin qabrda zo‘ravonlik bilan o‘ldirilganlik alomatlari bo‘lgan 3 kishi jasadi topilgan.

Mutaxassislar shaharda zo‘ravonlikning avj olishini narkokartellar va maydaroq jinoiy to‘dalar orasida giyohvand moddalarni kontrabanda qilish hududlari va yo‘nalishlari ustidan nazoratni qo‘lga olish uchun davom etayotgan ixtilof bilan bog‘lamoqdalar. Joriy yilda Gerrero shtati Meksikaning eng xavfli hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Bu yerda joriy yilning yanvaridan iyunigacha 881 ta qasddan qotillik qayd qilingan. O‘tgan shanba kuni shtatning shimolidagi Tepekoakuilko-de-Truxano tumanida jinoyatchilar bir oilaning 7 a'zosini o‘ldirishgan, qurbonlar orasida bir necha bolalar ham bo‘lgan.

2015 yil natijalariga ko‘ra, Fuqarolik xavfsizligi va jinoiy adliya bo‘yicha fuqarolik kengashi nohukumat tashkilotining mutaxassislari Akapulkoni Meksikaning eng xavfli shahari deb topishgan. Bu yerda qasddan odam o‘ldirish 100 ming kishiga 104,7 tani tashkil qilgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich hukumatning jinoyatchilikka qarshi barcha sa'y-harakatlariga qaramasdan 111 taga yetdi.

Top