14:52 / 02.08.2016
7443

Rossiya Qozog‘istonga 170ta zenit raketasi taqdim etish jarayonini yakunlamoqda

Foto: RIA Novosti

Rossiya 170 donadan ortiq zenit raketalarini Qozog‘istonga topshirish bo‘yicha ro‘yxatga olish jarayonini yakunlamoqda. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligiga asoslangan holda RIA Novosti xabar berdi

"Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkorlik doirasida Qozog‘istonga 5ta S-300 zenit-raketa majmualari taqdim etilgan. Bundan tashqari, Rossiya tomoni ushbu majmualar uchun 170dan ortiq raketalarni ro‘yxatga olish jarayonini tamomlamoqda", — deyiladi xabarda. 

2015 yildan Rossiya-Qozog‘iston harbiy texnik hamkorligi shartnomasi ishga tushib, uning doirasida Qozog‘iston Qurolli kuchlari Rossiya armiyasiga beriladigan narxlarda zamonaviy qurol-aslahalar olish imkoniga ega bo‘ldi. 

Xususan, Su-30SM qiruvchi samolyotlari, Mi-171Sh va Mi-35 harbiy-transport va jangovar vertolyotlari, radiotexnik razvedka hamda kuzatuv vositalari, boshqa turdagi qurollar Rossiyaning o‘z armiyasiga belgilagan narxda yetkazib beriladi.

Top