16:03 / 02.08.2016
7724

Turkiya Gulenning topshirilishi uchun AQShga yana bir marta rasmiy so‘rov jo‘natdi

Foto: TASS

Turkiya hukumati AQShdan yana bir marta muxolifat yetakchisi Fathulloh Gulenni hibsga olib ekstraditsiya qilishni talab etgan holda rasmiy so‘rov jo‘natgan. Bu haqda Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ga asoslanib, Anado‘li agentligi xabar tarqatgan.

"Gulenni topshirish ular uchun eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Aksincha, AQSh-Turkiya munosabatlari salbiy tusga kiradi", degan vazir.

15 iyul kuni oqshomidagi muvaffaqiyatsiz chiqqan harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin Gulen va uning tarafdorlari bo‘lganlar isyon tashkilotchilari sifatida qabul qilindi.

Turkiya isyonning keyingi kunlaridayoq 1999 yildan buyon AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qilib kelayotgan Fathulloh Gulenni topshirishi uchun AQShga rasmiy so‘rov yuborgandi.

Bugun AQSh Qurolli kuchlari shtabi rahbarlari qo‘mitasi rahbari Jozef Danford ushbu so‘rov "AQSh yuridik normalari doirasida ko‘rib chiqilishi" haqida aytgandi.

Top