19:53 / 02.08.2016
5651

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi iyun oyida 4,9 foizga oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (ITM) tomonidan e'lon qilingan ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) yakunlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich iyunda maydagidan 4,9 foizga o‘sib, 1049 punktga yetdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda

Ishbilarmonlik faolligi o‘zgarishlari boshlangan 2015 yilning yanvaridan buyon IFI o‘sishi 31 foizni namoyon etib, 1311 punktga qadar yetdi (1000 dan yuqori belgi faollik o‘sishini ko‘rsatadi, 1000 dan past bo‘lsa — pasayish).

ITM hisobotida keltirilishicha, iyunda ishbilarmonlik faolligining maydagiga nisbatan o‘sishi IFIning uchta tarkibiy qismi o‘sishi bilan asoslandi. Jumladan:

tovar-xomashyo birjasida xomashyo xarid jadalligi 13,2 foiz;

amaldagi xo‘jalik sub'yektlari komponenti 1,5 foiz;

savdo belgilari muhofazasi va mulk huquqidan foydalanish bo‘yicha biznes faolligi 3,3 foiz.

Ishbilarmonlik faolligi indeksi ITM tomonidan 2014 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti iqtisodiy davrning qaysi bosqichida ekani haqida tezkor ma'lumotlarga ega bo‘lib turish maqsadida ta'sis etilgan.

1999 yilda O‘zbeksiton hukumati hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan ITM hukumatga tahliliy tavsiyalar taqdim etib, taraqqiyot masalalari yuzasidan keng spektrli tadqiqotlarni o‘tkazadi.

Top