09:25 / 03.08.2016
5610

AQShda shimollik koreyslar 2ta raketa uchirgani haqida aytishdi

AQSh qurolli kuchlari Shimoliy Koreyadan bir vaqtda ikkita raketa uchirilgani qayd qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

AQSh qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi Shimoliy Koreya bir vaqtda birdaniga ikkita raketa uchirganini ma'lum qilgan. Raketalar Xvanxe-Namdo viloyatidan uchirilgan. Ulardan biri uchirilishi bilanoq portlab ketgan, Yaponiya va Janubiy Koreya tomonidan qayd qilingan ikkinchisi esa Yapon dengizi tomon uchirilgan.    

AQSh Davlat departamenti raketalar uchirilishini qoralagan.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Shimoliy Koreya raketalari uchirilishi tufayli ogohlikni kuchaytirishni buyurgandi.

Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashining taqiqlariga qaramasdan, ballistik raketalar uchirilishini sinovdan o‘tkazishni davom ettirmoqda.

Mavzuga oid
Top