09:11 / 03.08.2016
7094

Hondurasda "go‘zallik malikasi" izsiz yo‘qolib qoldi

Foto: Rafael Ochoa Zumapress/ Globallookpress

Hondurasda go‘zallik tanlovi g‘olibasi, model Karina Andino izsiz yo‘qolib qoldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Qizni oxirgi marta o‘z uyidan 29 iyulda chiqayotganda ko‘rishgan. Keyinroq 18 yoshli qizning yaqinlari politsiyaga uning yo‘qolganini ma'lum qilishgan.
 
El Heraldo portali ma'lumotlariga ko‘ra, qiz Trinidad shahrida joylashgan yangi ishga suhbat uchun shoshayotgan bo‘lgan.

Ikki yil avval butun dunyo 19 yoshli "Miss Honduras"  Mariya Xose Alvarado va  singlisining o‘ldirilganidan karaxt holga tushgandi. Qotil Mariyaning singlisi oshig‘i bo‘lgan.

Top