09:04 / 03.08.2016
6388
Riodagi Olimpiya basseyni evakuatsiya qilindi

Rio-de-Janeyroda Olimpiya basseyni unda qoldirilgan shubhali paket tufayli zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Bu haqda tvitterda voqea guvohlaridan biri ma'lum qildi. 

Mahalliy OAV ma'lum qilishicha, paket Avstraliya terma jamoasi a'zolari basseynda mashg‘ulot o‘tkazayotganda aniqlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Hozir voqea joyida mutaxassislar ish olib bormoqda, basseyn politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Top