17:48 / 03.08.2016
5834

Videodagi qahramonlar bilan birga harakatlanish imkonini beruvchi texnologiya yaratildi

Massachusets texnologiya instituti (MIT) tadqiqotchilari yangi texnologiya ixtiro qilishdi, u suratga olinib bo‘lgan videodagi obektlarni harakatlantirish imkonini beradi. Bu haqida TechCrunch ma'lum qildi. 

Olimlar o‘z oldilariga shunday maqsad qo‘yishdiki, tomoshabinga videodagi ba'zi obektlar bilan birga harakatlanish imkoni berildi.

Predmetning qanday harakatlanishi hisobiga zarur effektga erishiladi. Mana shu jismoniy harakatlarga asoslanib, maxsus algoritm videoga yozilgan obektning realistik modelini yaratadi. 

Tadqiqotchilar simdan yasalgan odam shaklini namuna sifatida keltirishdi. Uning modelini yaratish uchun u turgan stolni urib, butun jarayonni videoga olishga 5 soniya vaqt ketdi. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ular ajoyib interaktiv rolikka ega bo‘lishdi - suratga olingan shakl turli nuqtalaridan tortilganda ham o‘zining tabiiy elastikligini saqlab qolgan. 

Xuddi shu texnologiya daraxtlar va butalarning shamol paytida qimirlashid kabi murakkab modellarni yaratish imkonini beradi. Bundan tashqari, olimlar roliklarga turli virtual obektlar qo‘shish imkonini beradi va bu obektlar real obektlar bilan bir qatorda harakatlanishi mumkin. 

OAVda ta'kidlanishicha, MIT ishlanmasini qo‘llash uchun imkoniyatlar bisyor. U kinoda qimmat bo‘lmagan maxsus effektlarni yaratishda, shuningdek kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. 

Top