10:43 / 04.08.2016
4594

AQSh va Isroil harbiy yordam bo‘yicha 10 yillik shartnomani imzolashga yaqin turibdi

Foto: AP

AQSh va Isroil hukumatlari harbiy yordam borasidagi muzokaralarning ko‘plab munozarali bandlari bo‘yicha kelishuvga erishgan va tez orada ushbu sohadagi hamkorlikni yana 10 yilga uzaytirish bo‘yicha yakuniy xulosaga keladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi amerikalik mulozimga asoslangan holda. 

Qayd etilishicha, Amerikaning Isroilga yangi harbiy yordam to‘plami bir necha milliard dollarga baholanmoqda. 

Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, tomonlarning ushbu masaladagi 3 kun davom etgan muzokaralari, Isroil milliy xavfsizlik kengashi rahbari vazifasini bajaruvchi Yaakov Nagelning AQSh prezidenti milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Rays bilan uchrashuvidan so‘ng yakunlangan.

AQSh va Isroil o‘rtasidagi harbiy yordam bo‘yicha avvalgi shartnoma 10 yillik muddat bilan 2007-yili imzolangan edi. Biroq, ikkala tomon ham mazkur kelishuvni uzaytirishni xohlayotgan bo‘lsa-da, harbiy yordam qiymati borasida kelisha olmayapti.

Top