22:53 / 04.08.2016
13088

Ajoyib ijtimoiy loyiha: muhtoj insonlarga yegulik va kerakli buyumlar yig‘uvchi ochiq omborcha

Arkanzasda kichik ochiq omborxonalar paydo bo‘la boshladi va Jyessika Makklard ismli ayol yangi tashabbus bilan ushbu qutilardan oqilona foydalanishga qaror qildi.

Jyessika ilk bor o‘zi yashaydigan hududda bo‘sh yotgan kutubxona shkafini ko‘rganida unda ajoyib g‘oya paydo bo‘ldi.

U insonlar yo‘l-yo‘lakay muhtojlarga kerakli yegulik va buyumlar tashlab ketishlari uchun kichik omborxonachani yasadi.

10 may kuni u Shepherd Lutheran cherkovi yaqiniga birinchi qutini o‘rnatdi. 

Jyessika odamlarning munosabatidan hayratga tushdi – ular bir zumda omborxonani yeguliklarga to‘ldirib tashlashdi!

Hozirda Facebook'da ushbu loyihaning 10,000dan ortiq a'zolari mavjud. Shuningdek, bu kabi omborxonalar boshqa hududlarga ham o‘rnatila boshlandi.

“Yeryong‘oqli krem, murabbolar, ayollar shaxsiy gigiyena buyumlari va tagliklar omborxonani to‘ldirmoqda”

“Mening istagim inoq qo‘shnichilik va ijtimoiy muammolarga yechim topish uchun mana shunday kichik ishlarni amalga oshirish" – deydi Jyessika Huffpost nashriga bergan intervyusida.

Maktab yaqinida yana bir kichik omborxona ochilgach, u yerda o‘quvchilarni o‘ylagan holda maktab qurollari qoldirilishi so‘raldi va shu tariqa muhtoj bolalarga kerakli buyumlar yig‘ila boshladi. 

Siz ham kichik bo‘sh omborxonalar (Little Free Pantry) loyihasiga ikki yo‘l bilan o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin – uning ichiga kerakli narsalar tashlang yoki o‘zingizning yangi kichik bo‘sh omborchangizni yarating!

Top