10:14 / 04.08.2016
4099

Germaniya 2030-yilgacha transport infratuzilmasiga 300 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi

Germaniya hukumati, mamlakat hududida yangi yo‘llar, temir yo‘llar va suv yo‘llarini barpo etish va ta'mirlash dasturiga  270 mlrd yevro (302,23 mlrd dollar) ajratishga roziligini bildirdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Qurilish ishlari 2030 yilgacha amalga oshiriladi. 

Mablag‘lar zudlik bilan bajarilishi lozim bo‘lgan mingdan ortiq loyiha ijrosiga yo‘naltiriladi. Uning 69 foizi transport infratuzilmasini ta'mirlashga, 31 foizi yangisini barpo etishga ajratiladi. 

Mablag‘larning yarmidan ko‘pi avtomobil yo‘llariga, 41 foizi temir yo‘llarga, qolgani suv kanallari va boshqa suvli yo‘llarga sarf etiladi.

Top