18:57 / 04.08.2016
5576

KXDRda afsonaviy futbol jamoasini tashkil etish rejalashtirilmoqda

KXDR futbol assotsiatsiyasi 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga eng yuqori o‘rinlar uchun kurasha oladigan eng zo‘r professional futbolchilardan tashkil topgan jamoani tayyorlamoqchi. Bu haqda KCNA xabar tarqatgan.

KXDR futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Kim Chjon Manning aytishicha, "mamlakatda afsonaviy futbolchilar" bo‘lishi va ular "millat afsonasi"ga aylanishlari kerak.

Avvaliga o‘ta qobiliyatli sportchilar tanlab olinib, ularning o‘yin texnikasi, jismoniy tayyorgarligi, malakasi va mahorati oshirib borilishi rejalashtirilgan.

Olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 g‘olibi bo‘lishi uchun barcha zarur ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, xorijlik mutaxassislar taklif etiladi.

Terma jamoani 2020 yilgi olimpiadaga norvegiyalik Yorn Andersen bosh murabbiy sifatida tayyorlaydi.

Qayd etililishicha, KXDR rahbari Kim Chen In mamlakatni "dunyodagi yetakchi futbol davlati"ga aylantirishni buyurgan.

Manba: Tribuna.uz

Top