16:28 / 04.08.2016
3355

Sudanda tropik yomg‘irlar tufayli 76 kishi halok bo‘ldi

Keyingi kunlarda 76 kishi Sudanning katta qismida ro‘y berayotgan tropik jalalar tufayli halok bo‘lgan.  Bu haqda "Al-Axram" gazetasi Sudan ichki ishlar vaziri Asmat Abdurahmon Zin al-Abidinga asoslanib xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, kuchli yomg‘irlar tufayli mamlakatning 13 viloyatidagi minglab turar joy binolari jala va kuchli yomg‘irlar tufayli buzilib ketgan.

Vazir noqulay ob-havo sharoiti saqlanib qolishi va Nil daryosi toshishi, natijada yanada ko‘proq talofat berilishi mumkinligini istisno etmagan.

Top