14:27 / 05.08.2016
4583

Amerikalik menejyer mushuklarni chimdan haydaydigan neyrobaza yaratdi

Bivertonlik (Oregon shtati) Nvidia menejyeri Robert Bond mustaqil ravishda mushuklarga qarshi qo‘riqlash signalizatsiyasini yaratdi. U neyrobaza asosida ishlab, purkagichlar yordamida chimni  himoya qiladi. Uning qurilmasi haqida Nvidia ishlab chiqaruvchilarining blogida ma'lum qilingan

Bondning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shnilarning mushuklari uning hovlisiga kiraverib bezor qilishgan. 

Loyihada Bond quyidagicha qurilmalardan foydalangan: uyning devoriga o‘rnatilgan bitta kuzatuv kamerasi, Jetson TX1 kompyuter texnologiyasi, purkagichlarga ulangan Particle Photon Wi-Fi-moduli.

Agar kamera kuzatuv sharoitida biror o‘zgarish sezsa, ketma-ket yetti marta suratga tushirib, ularni FTP orqali Jetson’ga uzatadi. Jetson’da Caffe neyrobazasiga asoslangan tizim ishlaydi: u suratlarda mushukning bor yoki yo‘qligini aniqlaydi. Agar mushuk topilgan bo‘lsa, Photon’ga signal uzatiladi va u rele orqali purkagichlarni ikki daqiqaga ishga tushiradi. 

Bondning aniqlik kiritishicha, u foydalanayotgan tayyor neyrobaza dastlab 30 foiz holatlarda mushuklarni to‘g‘ri aniqlagan. Ishlab chiqaruvchi neyrobazani mushuklarni to‘g‘ri aniqlashi uchun  qo‘shimcha mashq qildirishiga to‘g‘ri keldi: ma'lum bo‘lishicha, tunda mushuklarni topish uchun 50ta tasvir yetar ekan (dastlab 300 tasvir olingan). Biroq, Bond neyrobazani haddan ziyod ko‘p mashq qildirishdan ogohlantirdi, masalan, agar mushuklarning suratini faqat bitta burchakdan olinsa, neyrobaza boshqa burchakdan olingan suratda mushukni topa olmasligi mumkin. 

Bu Bondning birinchi loyihasi emas. 2015 yilda u poldagi chumolini aniqlab, unga 5 millivatt lazerni yo‘naltira oladigan qurilma yaratgan: “Ular aslida chumolilarga ziyon yetkazmaydi, shunchaki ularni bezovta qiladi, xolos”.

Top