15:35 / 05.08.2016
6888

YeChL. Pley-off juftliklari aniq bo‘ldi

Bugun Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasi saralashining pley-off bosqichiga qur'a tashlandi. Unda markaziy qarama-qarshilik sifatida «Roma» - «Portu» hamda «Vilyareal» - «Monako» juftliklarini keltirish mumkin.

Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Styaua» bilan o‘ynaydi, «Rostov» esa guruh bosqichiga chiqish uchun «Ayaks»dan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Chempionlar yo‘li
«Ludogorets» (Bolgariya) — «Viktoriya» (Chexiya)
«Seltik» (Shotlandiya)  — «Xapoel» Beer-Sheva (Isroil)
«Kopengagen» (Daniya) — APOYeL (Kipr)
«Dandolk» (Irlandiya) — «Legiya» (Polsha)
«Dinamo» Zagreb (Xorvatiya) — «Zaltsburg» (Avstriya)

Kuchlilar yo‘li
«Styaua» (Ruminiya) — «Manchester Siti» (Angliya);
«Portu» (Portugaliya) — «Roma» (Italiya);
«Ayaks» (Niderlandiya) — «Rostov» (Rossiya);
«Yang Boyz» (Shveytsariya) — «Borussiya» Myonxengladbax (Germaniya);
«Vilyarreal» (Ispaniya) — «Monako» (Fransiya).

Birinchi o‘yinlar 16/17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, javob o‘yinlari esa 23/24 avgustga belgilangan.

Top