21:31 / 05.08.2016
9243

Xitoylik robotlar Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

O‘tgan dam olish kunlari Xitoyning Shandun viloyatidagi pivo festivalida Ginness rekordlar kitobi vakillari yangi rekordni qayd qilishdi: 1007 robot 60 soniya ichida faqatgina bir smartfon boshqaruvida raqsga tushdilar. 

Balandligi 43,8 sm bo‘lgan robotlar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi, biroq ulardan ba'zilari bosimga dosh berolmadi – ba'zilari yiqilib tushdi, ba'zilari esa umuman ommaviy raqsni ijro etishdan bosh tortdi. Biroq Ever Win Company & Ltd kompaniyasining 1007 roboti rekordni qayd etish uchun yetarli bo‘ldi. 

Avvalgi shunday rekord ham joriy yilda Xitoyda UBTECH Robotics Corp. kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan edi. O‘shanda 540 robot va 29 dron 2,5 daqiqa ichida xitoyliklarni mahalliy taqvim bo‘yicha kirib kelgan Yangi yil bilan sinxron tarzda tabriklagandi.

Top