15:02 / 05.08.2016
9293

Italiyaning Bergamo shahrida Boeing samolyoti avtomobil yo‘liga chiqib ketdi

Italiyaning Bergamo shahrida DHL aviakompaniyasining Boeing 737-300 samolyoti aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib avtomobil yo‘liga o‘tib qolgan.

Bu holat tasvirlari ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy nashrlarda tarqatilgan.

Voqea mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 4da ro‘y bergan.

Uchuvchilar samolyotni qo‘ndirishda muammoga duch kelishgan. Natijada samolyot shahardagi aeroportga yondash joylashgan yo‘lga chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi aytilgan. Ushbu hodisa tufayli aeroport faoliyatida 3 soatlik uzilish ro‘y bergan va kamida 15ta reys bekor qilingan.

Top