22:18 / 05.08.2016
8943

Mourino: «Yevro finalida Ronalduning harakatlari jamoaga yordam berdi? Bo‘lmagan gap»

«Manchester Yunayted»ning portugaliyalik bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa chempionati finalida Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning jarohat olib o‘yindan chiqqach, maydon chetida sheriklariga ko‘rsatma berganiga munosabat bildirib o‘tdi.

«Ronaldu o‘zining harakatlari bilan sheriklariga yordam bergani yo‘q. Maydonda 11 futbolchi bor edi. Jamoani esa bosh murabbiy boshqardi.

U o‘yin oxirida barcha birday xohlayotgan g‘alabani qattiq xohladi va o‘zini tutolmay qoldi. Buni yomon deb bo‘lmaydi. Bunaqa holatlarni tushunaman»,- deydi Mourino.

Fransiyaga qarshi kechgan finalning 25-daqiqasida Ronaldu jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

Manba: Tribuna.uz

Top