19:38 / 05.08.2016
4882

Nazarboyev Erdo‘g‘an bilan uchrashuvida ikki davlat hamkorligi istiqbollarini muhokama qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaradagi uchrashuv vaqtida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari saytida ma'lum qilingan.

"Tor doiradagi uchrashuvda davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda Qozog‘iston va Turkiya strategik hamkorligining bir qator yo‘nalishlarini muhokama qilishdi", deyilgan xabarda.

Matbuot xizmatining qayd etishicha, tomonlar kun tartibidagi xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar to‘g‘risida ham gaplashishgan.

Nazarboyev iliq qabul uchun Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirgan.

Top