11:25 / 05.08.2016
5848

Tailandda yirik YTH sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

Foto: englishnews

Tailandning shimoli-sharqidagi Nakxonratchasima muzofotida avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 30 kishi esa jabrlandi. Bu haqda Thai PBS telekompaniyasi xabar bergan.

Avtobus haydovchisi yomg‘ir tufayli sirpanchiqqa aylangan yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtobus qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va yuqori tezlikda kelayotgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Ikkala transport haydovchisi ham halok bo‘lgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Top