20:21 / 06.08.2016
7263

Assanj: “Saudiyaliklar Klintonlar jamg‘armasining yirik homiylari bo‘lishi mumkin”

Foto: © RIA

Saudiya Arabistoni Klintonlar oilasi tashkil etgan Clinton Foundation jamg‘armasining yirik homiylaridan biri bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda WikiLeaks asoschisi Julian Assanj.

"Saudiya Arabistoni va Hillari Klinton, Saudiya podshohligi va Klintonlar jamg‘armasi o‘rtasidagi munosabatlar ko‘lami shunchalik kengki, ehtimol, Saudiya Arabistoni podshohligi Klintonlar jamg‘armasining alohida olingan homiysidir. Axir, Klinton xonim davlat kotibasi bo‘lgan vaqtda, qurol-yarog‘lar eksporti sohasida qanday siyosat yuritganini yodga olish kifoya. U, Saudiya Arabistoniga juda ham yon bosgan edi", — deb bayonot bergan Assanj RT telekanaliga bergan intervyusida.

WikiLeaks asoschisi shuningdek, Klintonlar jamg‘armasi homiylaridan biri, "Lafarj" qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi IShID terrorchi guruhi hisobiga mablag‘ o‘tkazgani to‘g‘risida fransuz matbuotida paydo bo‘lgan xabarlarga asoslanib, "Lafarj"  kompaniyasi "Suriya mojarosiga aralashib qolgan"ini qayd etdi. 

"Fransiyaning Le Monde nashri o‘tkazgan tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, kompaniya Suriyaning ayrim tumanlarida faoliyat yuritish uchun IShIDga “o‘ziga xos haq” berib turgan. Aytish mumkinki, terrorchilar bilan turli tijoriy bitimlar tuzilgan. Yaqinginada, 2015-2016 yillarda "Lafarj" Klintonlar jamg‘armasiga ham pul o‘tkazgani yaxshi ma'lum", — deb hikoya qilgan Assanj.

Assanjning izoh berishicha, Hillari Klinton bilan "Lafarj" kompaniyasini "uzoq aloqalar" bog‘lab turadi, xususan bir paytlar Hillari kompaniya direktorlar kengashi a'zosi ham bo‘lgan. 

WikiLeaks asoschisining ta'kidlashicha, avvalroq uning sayti Suriya bilan bog‘liq 2 mingga yaqin elektron maktublarni e'lon qilgan, ularning 350dan ortig‘i ayni kompaniyaga aloqador bo‘lgan.

Top