22:36 / 06.08.2016
5831

Guardian nashri Rossiya Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatilishini ma'lum qildi

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (IPC) Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiadadan Rossiya terma jamoasini to‘liq tarkibda chetlatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Guardian gazetasi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyalik sportchilarning chetlatilishiga Butunjahon aksildoping agentligi rahbari Richard Maklarenning hisoboti sabab bo‘lgan. Hisobotga ko‘ra, Rossiyada muntazam ravishda doping qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilgan. Nashrning yozishicha, IPC bu haqda 7 avgustda rasman e'lon qiladi.

Avvalroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi vakili Mark Adams bir davlat milliy paralimpiya  qo‘mitasi rossiyalik paralimpiyachilarning Braziliyada ishtirok etishiga qarshi chiqqanini ma'lum qilgan.

Top