00:46 / 06.08.2016
6523

Noma'lum kimsa AQShning Nyuark aeroporti yaqinida odamlarni garovga oldi

AQShning Nyu-Jyersi shtatida noma'lum kimsa Nyuark aeroporti yaqinida odamlarni qo‘lga olib, ularni garovda ushlab turibdi, deb xabar bermoqda RT.

Mahalliy OAVga ko‘ra, voqea joyiga tezkor xizmatlar yetib kelgan. Politsiya xodimlari ikki kishini ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan. Gumonlanuvchi bino ichida yashirinib olgan. Bino politsiya tomonidan qurshab olingan.
 
Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
 
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi yashirinib olgan binoda bir nechta sanoat va transport kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tgan.

Top