19:52 / 06.08.2016
7506

Rio-2016. Birinchi oltin medal AQShga ketdi

Rio Olimpiadasining birinchi oltin medali o‘z egasini topdi. Pnevmatik miltiqdan o‘q otishda AQShlik Virjiniya Tresher eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 19 yoshli sportchi 208 ochkko to‘plab, Olimpiada finallari rekordini o‘rnatdi.

Kumush medalni xitoylik Du Li qo‘lga kiritdi, bronza medal ham xitoylik I Si Linga nasib etdi.

Top