14:19 / 07.08.2016
5801

Afrikaning ichimlik suvi yo‘q shaharchasida elektron kutubxona ochildi

Ruanda davlatining Rvinkvava shaharchasida Wi-Fi asosida ishlovchi elektron kutubxona ishga tushdi. Ammo shunisi e'tiborga molik-ki, aynan mana shu hududda mahalliy aholi uchun toza ichimlik suvi yetishmaydi. Bolalar uylariga yelim idishlarda suv keltirishadi. Bu haqda theguardian.com xabar bermoqda. 

Elektron kutubxona simsiz internet, smartfon, planshet va elektr kitoblar bilan ta'minlangan va u yerda Dikkensdan tortib Dante va Dostoyevskiy asarlarigacha uchratish mumkin.

Rvinkvavada 30 ming aholi istiqomat qiladi. Ularning bari kambag‘al fermerlar bo‘lib, juda nochor holatda yashashadi.

Ayrim bolalar kutubxonaga 4 km uzoqlikdan yetib kelishadi.

Mahalliy kutubxona uchun adabiyotlarni bazasi Barselonada joylashgan Worldreader.org tashkiloti yetkazib bergan. Tashkilot Afrikaning 14 mamlakatidagi yuzlab maktab va kutubxonaga elektron kitoblar yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Top