16:45 / 07.08.2016
6456

La-Mansh bo‘g‘ozi ustida samolyot qulab tushdi

Buyuk Britaniyaning Sharqiy Sasseks grafligi hududida yengil samolyot halokatga uchradi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu samolyot La-Mansh bo‘g‘ozi ustiga qulagan.

Ayni vaqtda uchuvchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda. Samolyot qoldiqlari ham hali topilmagan. Qidiruv ishlariga 2ta guruh va ko‘ngillilar guruhi jalb etilgan.

Hodisa tafsilotlari to‘liq keltirilmagan.

Top