18:18 / 07.08.2016
5140

Mourino: «Boshqa chempionatlarda «Lester» kabi jamoalarga chempion bo‘lishga yo‘l qo‘yishmaydi»

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoning ma'lum qilishicha, «Lester»ning chempionligiga o‘xshash hodisa Yevropadagi boshqa chempionatlarda sodir bo‘lishi mumkin emasligini bildirdi.

«Bunday vaziyat, «Lester» kabi jamoaning chempion bo‘lishi faqat Angliyada ro‘y beradi. Faqat shu yerda chempion bo‘lish uchun ruxsat berishadi. Boshqa chempionatlarda katta klublar bunga imkon qoldirishmaydi. Ular pullarni bo‘lishishni istashmaydi.

Boshqa chempionatlarda yetakchi jamoalar hamisha o‘zlarini qulay his qilishni istashadi va ular hamisha Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etishadi. Ular birinchilik uchun kurashda 4tadan ortiq jamoa ishtirok etishini istashmaydi. Ularga qolsa, faqat ularning o‘zi bo‘lsa. Shu tomonlarini hisobga olsak, Angliya bu borada o‘zgacha mamlakat.

Yevropa futbolida o‘zlarini ona Tereza kabi tutuvchi kishilar bor. Aslida ularning ona Terezadan butunlay farqli ekanini ko‘rish mumkin. Ko‘plab davlatlarda grandlar o‘z holatlaridan mamnun bo‘lishadi. Ular o‘zlari rivojlanishni istashmaydi va har mavsum arafasida raqobatchilarining futbolchilarini sotib olib, ularni kuchsizlantirishadi. Shu orqali ularda chempionlik uchun raqib qolmaydi.

«Lester» tarixi esa APLning tomoshabopligini oshirdi», — degan Mourino.

Top