22:05 / 07.08.2016
5249

«Paxtakor-79» xotirasiga turnir start oldi

«Chilonzor» stadionida «Paxtakor-79» xotirasiga bag‘ishlangan an'anaviy turnirning bu yilgi bahslari start oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 

Bu yilgi turnirda jami 12ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Unda asosan 2001 yilda tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etyapti. «Paxtakor-2» esa 2002 yilda tug‘ilgan akademiya tarbiyalanuvchilari bilan musobaqada o‘ynamoqda. Turning dastlabki ikki kunidagi natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz. 

6 avgust 

Chust  - Urganch – 2:8
Olmaliq – «Yoshlik», Jizzax – 2:0
Termiz – Samarqand – 6:2
BO‘SM-16 - Qo‘qon - 6:0

7 avgust

"Bars" Jizzax – Qo‘qon – 6:0
"Paxtakor-2" - Samarqand – 7:1
"Buxoro" - "Yoshlik" Jizzax – 2:3
"Paxtakor" - Urganch – 4:0

Top